» » O‘zbekiston OTMlariga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari 25-sentabr 15:00 da e’lon qilinadi

O‘zbekiston OTMlariga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari 25-sentabr 15:00 da e’lon qilinadi


O‘zbekistonda 2020/2021-o‘quv yili uchun OTMlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarining natijalari 25-sentabr kuni 15:00 da DTMning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi, deya xabar bermoqda markaz axborot xizmati.

Abituriyentlar talaba bo‘lgani haqida quyidagi 3 usul orqali bilib olishi mumkin:

Abituriyentning shaxsiy kabineti orqali:

Davlat test markazining rasmiy veb-saytida har bir abituriyent uchun shaxsiy kabinet yaratilgan bo‘lib, abituriyentlar birinchi usulda abitur.dtm.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga kirish orqali tanlov natijalarini bilish mumkin.

SMS xabarnoma xizmati orqali:

Abituriyentlar tanlov natijalarini 5100 raqamiga abituriyent ID raqamini yuborgan holda bilishlari mumkin. Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS-xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud)

Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

24-sentabr kuni Davlat test markazi barcha abituriyentlarning test sinovida to‘plagan natijalari bo‘yicha ishlar yakuniga yetganini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2020, 13:53)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют