» » Urfdan qolgan modellar: Kuzda qanday kurtkalar xarid qilish tavsiya qilinmaydi?

Urfdan qolgan modellar: Kuzda qanday kurtkalar xarid qilish tavsiya qilinmaydi?


Sovuq kunlar uchun ustki kiyim olishda uning issiqligi va qulayligi shu bilan birga ko‘rinishiga ham e’tibor berish kerak. Nima tanlashni bilmayotgan ayol va qizlarga quyidagi modellarga pul sarflamaslik tavsiya qilinadi.

Qavilgan yupqa kurtka

Ko‘rinishi kapalak qurtini esga soladigan kurtka sizni yanada to‘lacha ko‘rsatadi. Bunday modelda yelkalar, tos suyagi aslidan kengroq ko‘rinadi. Yaxshisi keng bichimli qavilgan kurtka modeliga e’tiboringizni qarating.

Ko‘ylak bichimli kurtka

Ko‘ylak va kurtka boshqa-boshqa kiyim va ularni birlashtirishning hojati yo‘q. Agar siz ayollarga xos latofatli ko‘rsatadigan ustki kiyim kiyishni istasangiz unda “zapax” bichimli uzun paltoga e’tiboringizni qarating.

Qopni esga soladigan kurtka

Chiqindilar solinadigan qora paketga o‘xshash matodan tikilgan kurtka, istalgan obrazni xunuk ko‘rinishiga sababchi bo‘lishi mumkin.

Hoshiyalariga mo‘yna tikilgan kurtka

Ko‘pgina ayol qizlar kurtkada mo‘yna bo‘lsa, obraz qimmatroq ko‘rinadi deb o‘ylaydi va xato qiladi. Chunki bunday modellar arzon va didsiz ko‘rinadi. Qolaversa, mazkur qalin bezak egasini semizroq ko‘rinishiga sababchi bo‘ladi.

Yaltiroq kurtka

Yaltiroq kislota rangidagi kurtkalar o‘tmishda qoldi. Bunday e’tiborni majburlab jalb qiladigan modellarni garderobga qo‘shish tavsiya qilinmaydi.

Rezinka belbog‘li kurtkalar

Obrazingizni didsiz ko‘rinishiga sababchi bo‘ladigan yana bir model — rezinka belbog‘li kurtkalar hisoblanadi. Agar sizni ustki kiyimda bel qismiga urg‘u bergingiz kelsa, unda tanlov borasida belbog‘li modellarda to‘xtalish maslahat beriladi.

Charm kurtkaning yopishib turadigan modeli

Qaddi-qomatga urg‘u beradigan mazkur model bundan 10 yil avval urfda bo‘lgan, ammo hozir emas. Bugungi kunda dizaynerlar bichim borasida asosiy e’tiborni qulaylikka qaratgan. Agar charm kurtka bilan obrazingiz zamonaviy ko‘rinishini istasangiz kengroq va oversize bichimga e’tiboringizni qarating.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2020, 16:08)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют