» » O‘zbekistonda svetoforlarning ruxsat beruvchi chiroqlari vaqt oralig‘i qayta ko‘rib chiqiladi

O‘zbekistonda svetoforlarning ruxsat beruvchi chiroqlari vaqt oralig‘i qayta ko‘rib chiqiladi


O‘zbekiston Prezidentining “Ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini har bir fuqaroning hayotiga kiritishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda piyodalar o‘tish yo‘laklarida yo‘l-transport hodisalarining sonini keskin qisqartirish, shuningdek, aholining piyoda yurishi uchun qulayliklar yaratish maqsadida barcha ko‘chalarda o‘rnatilgan svetoforlarning ruxsat beruvchi chiroqlari vaqtlari oralig‘ini xalqaro standartlar asosida qayta ko‘rib chiqadi.

Qayd etilishicha, vazirlik piyodalar o‘tish yo‘laklarida, shu jumladan, tartibga solinmagan serqatnov piyodalar o‘tish yo‘llarida maxsus yo‘lchiroq (svetofor)larni (maxsus tugmachalar orqali boshqariladigan) o‘rnatilishini, o‘tish joylarini (zebra) xalqaro tajribadan kelib chiqib innovatsion yondashuv asosida tashkil etilishini ta’minlaydi.

Belgilanishicha:

Shu bilan birga, O‘zbekiston Qurilish vazirligi 2021-yil 1-yanvarga qadar Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan birgalikda avtomobil yo‘llari, aholi yurishi uchun mo‘ljallangan yo‘laklarda zamonaviy “Salomatlik yo‘laklari”, “Velosiped yo‘laklari”, shuningdek, qishloq va mahallalarda hamda ko‘p qavatli aholi turar joylari hududlarida “Workout”, badminton, voleybol va stritbol kabi sport maydonchalari hamda velosiped turargohlarining namunaviy loyihalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.

Bunda, aholi yurishi uchun mo‘ljallangan yo‘laklarda to‘siqlar, noqonuniy qurilish inshootlari, avtoturargohlar joylashtirilishini oldini olishga, shuningdek, ularni yorug‘, uzluksiz va ravon qurilishiga qat’iy e’tibor qaratiladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2020, 16:23)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют