» » Shuhrat G‘aniyev bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlandi

Shuhrat G‘aniyev bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlandi


Shuhrat G‘aniyev O‘zbekiston bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ish boshlaydi. Bu haqda Farg‘ona viloyat faollari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda bosh vazir Abdulla Aripov ma’lum qildi, deb xabar beradi O‘zA.

Yig‘ilishda Shuhrat G‘aniyevning 8 yil davomida viloyat rahbari sifatida hududni har tomonlama rivojlantirish borasidagi ishlari alohida e’tirof etilgan. O‘zbekona chopon bilan tantanali kuzatilgan.

Avvalroq Shuhrat G‘aniyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Farg‘ona viloyati hokimi lavozimidan ozod etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Farg‘ona viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan. O‘zbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan Shavkatjon Abdurazzoqov esa Namangan viloyati hokimiga aylangan.

Shuhrat G‘aniyev 2020-yilning 20-sentabr kuni koronavirus asoratlari oqibatida vafot etgan O‘zbekiston bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha sobiq o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev o‘rnini egallagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2020, 16:38)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 22) ( 0) ( 20) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют