» » Eron futbol termasi JChga chiqish uchun O‘zbekiston termasini 21:45 da qabul qiladi

Eron futbol termasi JChga chiqish uchun O‘zbekiston termasini 21:45 da qabul qiladi


JCh—2018 saralashidan o‘rin olgan Eron va O‘zbekiston milliy terma jamoalari o‘rtasidagi takroriy bellashuv vaqti e’lon qilindi, deb xabar berdi O‘FF matbuot xizmati.

 

8-turdan joy olgan to‘qnashuv 12-iyun kuni Tehrondagi “Ozodi” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv mahalliy vaqt bilan 21:15 da, Toshkent vaqti bilan 21:45 da start oladi.

JCh—2018 saralashining “A” guruhida Eron 17 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. O‘zbekiston 12 ochko bilan guruhda 3-pog‘onani egallab turibdi.

Tomonlarning Toshkentda bo‘lib o‘tgan birinchi o‘yinida forslar 1:0 hisobida zafar quchgan bo‘lib, Samvel Babayan ustozlik qiladigan O‘zbekiston termasi raqib darvozasiga bitta ham aniq zarba bermagandi.

Ma’lumot uchun, takroriy o‘yindagi g‘alaba Eron uchun Rossiya mundiali eshiklarini ochadi. Ortda qolgan turlar davomida Karlush Keyrush shogirdlarini hech kim mag‘lub eta olmagan.

Опубликовано: admin (1-05-2017, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют