» » Xitoylik ota-ona o‘z o‘g‘lini 30 yil davomida uy qamog‘ida saqladi

Xitoylik ota-ona o‘z o‘g‘lini 30 yil davomida uy qamog‘ida saqladi


Xitoyda ota-ona o‘z o‘glini 30 yildan ortiq uydan chiqarmasdan saqlagan. Ularning fikricha, bola yomon ruhlar ta’siriga tushib qolgan. Bu haqda South China Morning Post nashriga tayanib, “Vesti.ru” xabar berdi.

Ismi ma’lum qilinmayotgan 39 yoshli erkak Guansi provinsiyasidagi Beyxay shahrida bolaligidan buyon derazalariga panjaralar o‘rnatilgan va qulflangan xonada yashaydi.

Ota-onasining so‘zlariga ko‘ra, bola olti yoshida uydan qochib ketgan, shundan so‘ng notanish kishi uni uyiga qaytarib olib kelgan. Shu vaqtda uyni ins-jinslardan tozalash ishlari olib borilayotgan edi.

Uyga qaytganidan so‘ng, bola doimiy ravishda uydan qochib ketib, qo‘shnilardan ovqat o‘g‘irlaydigan bo‘lib qolgan. Shuning uchun ota-ona uni uyning xonalaridan biriga qamab qo‘yishga qaror qilgan.

Onasining so‘zlariga ko‘ra, u eri bilan bolaning har kunlik ehtiyojini qondirgan, biroq uni xonada saqlashdan boshqa chorani ko‘rmagan. Hozirgi vaqtda erkakni davolash uchun ruhiy kasalxonaga joylashtirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-05-2017, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют