» » Xonanda Lolaning singlisi Asal turmushga chiqdi (foto)

Xonanda Lolaning singlisi Asal turmushga chiqdi (foto)


Kecha, 30-aprel kuni xonanda Lolaning 19 yoshli singlisi Asal Yo‘ldosheva turmushga chiqdi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda.

Avvalroq Lolaning singlisi unashtirilgani haqida xabar berilgandi. Ta’kidlanishicha, kelin-kuyov Aziz va Asalning to‘yi Toshkentdagi “Ezidiyor” restoranida bo‘lib o‘tdi.

“Asal nikoh kechasida onasiga atab qo‘shiq kuyladi. Lolaning bundan bir necha yillar avval kuylangan ‘Onajonim’ qo‘shig‘i Asalning tilidan jarang sochdi. Mazkur qo‘shiq Asalning onasi Gulnora Yo‘ldosheva uchun kutilmagan sovg‘a bo‘ldi”, – deyiladi xabarda.

Asal otasi Ravshanbek Yo‘ldoshev bilan Lola va Dj Piligrim ijrosidagi Imagine qo‘shig‘i sadolari ostida raqsga ham tushdi. Xuddi shu qo‘shiq jarangi ostida kelin-kuyovning ilk raqsi ham amalga oshirildi.

Ma’lumot uchun, Lolaning singlisi Asal Moskva davlat xalqaro aloqalar instutida tahsil oladi. Asal opasining Love me va Super love kliplarida suratga tushgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-05-2017, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 55) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют