» » AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi direktori ko‘zda tutilmagan tashrif bilan Seulga keldi

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi direktori ko‘zda tutilmagan tashrif bilan Seulga keldi


AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Maykl Pompeo Seulga tashrif buyurdi va yopiq eshiklar ortida Janubiy Koreya razvedka xizmatlari rahbarlari hamda prezidentning asosiy maslahatchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda. 

Uchrashuvlar davomida Pompeo Janubiy Koreya tomoniga Tramp ma’muriyatining Pxenyanga nisbatan siyosati tafsilotlarini yetkazdi, shuningdek, KXDR rahbariyatidagi vaziyatga baho berdi. 

AQShning Janubiy Koreyadagi elchixonasi tashrif amalga oshirilganini tasdiqladi. Biroq buni “MRB rahbari va uning rafiqasi Seulda Amerika qurolli kuchlari qo‘mondonligining Koreyadagi vakillari hamda elchixona xodimlari bilan uchrashish uchun bo‘lib turgani” bilan izohladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-05-2017, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют