» » O‘zbekistonda 1941—1945-yillardagi urush faxriylarining ismlari bir saytda jamlandi

O‘zbekistonda 1941—1945-yillardagi urush faxriylarining ismlari bir saytda jamlandi


Xotira va qadrlash kuni (9-may) arafasida UZINFOCOM Markazi 1941—1945-yillardagi urush faxriylariga bag‘ishlangan “Xotira.uz” saytini ishga tushirdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining xabar qilishicha, bugungi kunda hayot bo‘lgan dahshatli urush ishtirokchilari va qahramonlari ismlari yagona resursda umumlashtirilgan bo‘lib, mazkur resurs har bir urush faxriysi, mukofot va jasoratlari to‘g‘risidagi ma’lumotlari bilan boyitilgan.

Saytdan urush maydonida jang qilgan o‘zbekistonliklar fotosuratlari, ularning jasoratlari to‘g‘risidagi tarixiy ma’lumotlar hamda Xotira va qadrlash kuni bayrami to‘g‘risidagi yangiliklar o‘rin olgan.

Foydalanuvchilar ham saytga joylashtirish uchun o‘zlaridagi ma’lumotlar va fotosuratlarni yuborishlari mumkin.

Saytda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan bepul taqdim etilayotgan 9-may va O‘zbekiston bayrog‘i ramzi tushirilgan maxsus lenta va stikerlar tarqatiladigan manzillar ro‘yxati ham keltirilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-05-2017, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют