» » O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari telefon orqali muloqot qildi


O‘zaro kelishuvga muvofiq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov o‘rtasida 1-may kuni telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Davlat rahbarlari Shavkat Mirziyoyevning shu yil 6—7-mart kunlari Turkmanistonga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlar va imzolangan hujjatlarni amalga oshirish jarayonini muhokama qildi.

Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalar bo‘yicha yuksak darajadagi aloqalar izchil rivojlanayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Bugungi kunda agrosanoat kompleksidagi, temir yo‘l tizimini ta’mirlash va modernizatsiya qilish va boshqa sohalardagi savdo shartnomalari va qo‘shma kooperatsiya loyihalari keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda.

Davlat rahbarlari belgilangan dasturlar va hamkorlik loyihalarini, avvalambor, iqtisodiy sohadagi loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida yanada faol hamkorlik qilish muhimligini ta’kidladi.

Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi, shuningdek, yaqin istiqboldagi qo‘shma tadbirlar jadvali kelishib olindi.

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov qardosh O‘zbekiston xalqiga ezgu istaklarini bildirdi.

Suhbat O‘zbekiston—Turkmaniston munosabatlariga xos samimiy va do‘stona, o‘zaro anglashuv, hurmat va yaqin qo‘shnichilik ruhida o‘tdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-05-2017, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют