» » Navoiydagi tibbiyot markaziga 5,6 mln dollarlik yapon texnikasi taqdim etildi

Navoiydagi tibbiyot markaziga 5,6 mln dollarlik yapon texnikasi taqdim etildi


29-aprel kuni Navoiy viloyati ko‘p ixtisosli tibbiyot markazida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) tomonidan beg‘araz grant hisobidan taqdim etilgan 5,61 million dollarlik texnika taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Marosimda viloyat hokimi Qobul Tursunov, Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi Nobuaki Ito hamda sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Bahodir Otaxonov ishtirok etdi.

JICA tibbiy markazga 92 turdagi yuqori texnologik uskuna taqdim etdi. Ular orasida — kompterli MRT, masofali litotriptor, rentgen, jarrohlik, anesteziologik texnika hamda UZI apparatlari. Shuningdek, endilikda muassasada yurak-tomir xastaliklarini davolash imkonini beruvchi hamda ko‘z kasalliklarini davolovchi lazer apparati mavjud.

Yangi uskunalarda ishlashga Yaponiya va Rossiya oliygohlari hamda klinikalarida malaka oshirgan mutaxassislar jalb etildi.

Опубликовано: admin (1-05-2017, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют