» » Kurd otryadlari Tabka shahri markazini IShIDdan tortib oldi

Kurd otryadlari Tabka shahri markazini IShIDdan tortib oldi


Kurd ko‘ngillilaridan iborat “Suriya demokratik kuchlari” otryadlari Frot yaqinida joylashgan Tabka shahrining tarixiy markazini IShID terrorchilaridan tortib oldi. Bu haqda SDF qo‘mondonligi vakili Tallal Sillo bayonot berdi, deb xabar qiladi “Gazeta.ru”.

Uning so‘zlariga qaraganda, kurd jangchilari terrorchilarni tarixiy markazdan butunlay urib chiqarib, chekinayotganlarni ta’qib qilishda davom etmoqda.

“Shaharning katta qismi SDF qo‘lida, yollanmalar uning shimoliy yarmida yana ikki nuqtaga ega”, — dedi Sillo.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (1-05-2017, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют