» » Rio—2016 qahramonlaridan ishonchli g‘alaba. Besh g‘alabaning ikkitasi nokaut bilan tugadi

Rio—2016 qahramonlaridan ishonchli g‘alaba. Besh g‘alabaning ikkitasi nokaut bilan tugadi


Toshkent mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida 1-may kuni ikkinchi kun janglari bo‘lib o‘tdi.

Dushanba kunida o‘zbekistonlik besh nafar bokschi ringga ko‘tarildi va ularning barchasi zafar quchishga muvaffaq bo‘ldi. Ikki jang nokaut bilan yakuniga yetdi.

-49 kilogramm vazn toifasida qit’a chempionligi uchun asosiy da’vogar Hasanboy Do‘stmatovdir. U Shri-Lankadan tashrif buyurgan Txivanka Pallexaga qarshi jangni yaqqol ustunlik bilan yakunlashga muvaffaq bo‘ldi.

Rio—2016 Olimpiadasining yana bir qahramoni Murod Ahmadaliyev turkmanistonlik Shodlimurat Maydarovga qarshi ringga ko‘tarildi. Ahmadaliyevga raqibini mag‘lub etish uchun bitta raund kifoya qildi. Ketma-ket zarbalarga dosh bera olmagan turkmanistonlik bokschi nokautga uchradi.

Hindistonlik Ashish -64 kilogrammda Iqbol Xoldorovga raqib bo‘ldi hamda mag‘lubiyatga uchradi. Navbatdagi bosqichda o‘zbekistonlik bokschi shu vaznning uchinchi qo‘lqopi sifatida e’tirof etilgan Xitoy Taypeyi vakili Xung Ming Pan bilan jang qiladi.

Kunning eng muvaffaqiyatli jangini Isroil Madrimov o‘tkazdi. -75 kilogramm vazn toifasida falastinlik Qosim Abduamadni sinovdan o‘tkazgan Madrimov, raqibini 35-soniyadayoq mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.

-91 kilogramm vazn toifasida chempionlik uchun harakat qilayotgan Sanjar Tursunov janubiy koreyalik Xeong Kyu Kimga qarshi uch raund jang qildi. Yakunda hakamlar Tursunovning g‘alabasini e’tirof etdi.

Опубликовано: admin (2-05-2017, 06:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 81) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют