» » Fakt: Dunyodagi eng yirik fond birjalari

Fakt: Dunyodagi eng yirik fond birjalari


Fond birjasi — aksiyalar, obligatsiyalar, fond va ishlab chiqarish vositalari sotiladigan va sotib olinadigan joy. Insider nashri dunyodagi eng yirik 20 ta fond birjasidan iborat jamlanmani taqdim etdi.

20 ta eng yirik fond birjalari ichida eng yoshi kattasi Frankfurt fond birjasi hisoblanadi. XI asrning yarmarka savdolari markazi bo‘lgan shahar savdo va pul operatsiyalarining muhim markaziga aylangan. Birja ko‘cha savdogarlari tomonidan 1585-yilda valyutani almashtirishning qat’iy kurslari belgilanganidan so‘ng yuzaga kelgan deyiladi.

1875-yilda asos solingan Bombey fond birjasi Osiyodagi birinchi savdo maydoniga aylangan. Birjada 5749 ta aksiyadorlik kompaniyasi ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, dunyodagi eng ko‘p kompaniyalarni birlashtirgan fond birjasi hisoblanadi. Asosan, ular kichik kompaniyalar bo‘lib, ularning birjadagi o‘rtacha bozor kapitalizatsiyasi 292 million dollarni tashkil qiladi.

Nyu-York fond birjasining kapitalizatsiyasi 20 trillion dollarni tashkil etib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha eng yirik birja hisoblanadi. Keyingi o‘rinni yetti trillion dollar bilan NASDAQ egallab turibdi. Uchinchi qatordan joy olgan London fond birjasining kapitalizatsiya miqdori olti trillion dollarni tashkil qiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-05-2017, 07:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют