» » AQSh Davlat departamenti amerikaliklarni Yevropada yozgi mavsumdagi teraktlar xavfi haqida ogohlantirdi

AQSh Davlat departamenti amerikaliklarni Yevropada yozgi mavsumdagi teraktlar xavfi haqida ogohlantirdi


AQSh Davlat departamenti amerikaliklarni Yevropada yozgi mavsumdagi teraktlar xavfi haqida ogohlantirdi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

“Davlat departamenti AQSh fuqarolarini butun Yevropa bo‘ylab terrorchilik hujumlari xavfi saqlanib qolayotgani haqida ogohlantiradi. Bu ogohlantiruv 2017-yil 1-sentabrgacha amalda bo‘ladi”, — deyiladi departament saytidagi xabarda.

Departament amerikaliklarni jamoat va sayyohlik joylari, savdo markazlari, mehmonxonalar, klublar, bog‘lar, aeroportlar, restoranlar va ibodatxonalarda ayniqsa hushyor bo‘lishga chaqirdi. Mazkur ob’ektlar ehtimoliy hujumlar uchun birinchi galdagi nishonlar ekanligi bildirildi.

“Fransiya, Rossiya, Shvetsiya, Buyuk Britaniyadagi hodisalar IShID, ‘Al-Qoida’ va ular bilan bog‘liq guruhlar Yevropada teraktlar rejalashtirish hamda amalga oshirish imkoniyatiga ega ekanligini namoyish etdi”, — deya ogohlantirdi departament.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-05-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют