» » O‘zbekistonlik talaba Instagram’da 4 mln kuzatuvchi yig‘ib, Shahzodani ancha ortda qoldirdi

O‘zbekistonlik talaba Instagram’da 4 mln kuzatuvchi yig‘ib, Shahzodani ancha ortda qoldirdi


“Sayyod.com” Instagram’da o‘zbek shou-biznesi vakillaridan ham ko‘proq kuzatuvchilarni yig‘a olgan 19 yoshli talaba bilan intervyu uyushtirdi.

19 yoshli Abdullayev Shamsiddin Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti talabasi bo‘lib, uning Instagram’dagi ko‘ngilochar uz_video sahifasi bugungi kunda 3 million 200 mingdan oshiq o‘quvchi yiqqan bo‘lsa, ilmga yo‘nalgan boshqa bir  facts_uz sahifasining 1 million 500 mingdan ziyod obunachilari bor.

“facts_uz — bu mening ilk loyiham va o‘zimga yoqqani. uz_video esa bugungi kundagi eng omadli sahifam sanaladi.  2015-yil boshida bu sahifalarni tashkil etganman. uz_video sahifasining tezda  ommalashishiga sabab esa u ochilgan payti video sahifalari yo‘q edi, keyinchalik esa bu sahifaning sifatli ekaniga e’tibor qaratildi.  Albatta o‘zaro hamkorlik yuzasidan boshqa ommalashayotgan sahifalar bilan bir-birimizni sahifalarimizni reklama qilish orqali  mashhurlikka erishish  mumkin, ammo agar sahifangiz sifatli bo‘lmasa, bari bekor. Asosan 85 foiz rus auditoriyasi bilan bu borada hamkormiz. Xususan rus estradasi vakillari bilan ham. Albatta sahifamizda pulli reklama ham mavjud, biroq bu degani hamma narsani ketma-ket reklama qilaveradi degani emas. Salbiy targ‘iboti mavjud bo‘lgan klip yoki reklamalarga sahifalarimizda umuman o‘rin yo‘q! Bu ikki sahifaning muallifi o‘zim va bugungi kunda umumiy hisobda 5 kishi sahifalarni yurityapmiz. Kuniga 6 ta video joylaymiz va  ularni aniq bir joydan olmaymiz, har safar turli manbalar bo‘ladi”, — deya u o‘z loyihalari haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tdi.

Ayni paytda xonanda Shahzoda Instagram’da o‘zbek san’atkorlari ichida eng ko‘p — 1,3 million kuzatuvchiga ega. Avvalroq aktrisa Asal Shodiyeva o‘zini Instagram orqali kuzatib boruvchilar soni (1 million kishi) bilan xonandalar Rayhon hamda Loladan o‘zib ketgan edi.

Опубликовано: admin (2-05-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют