» » Putin bolalarga bema’ni ismlar qo‘yishni taqiqlovchi qonunni imzoladi

Putin bolalarga bema’ni ismlar qo‘yishni taqiqlovchi qonunni imzoladi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin bolaning ismini ro‘yxatdan o‘tkazishda raqamlar, haqoratli so‘zlar, tinish belgilari va unvonlardan foydalanishni taqiqlovchi qonunni imzoladi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Qonun Oila kodeksiga bolaga ism tanlashda raqamlar, harf va raqamdan iborat belgilar, harf bo‘lmagan belgilar (defisdan tashqari), shuningdek, haqoratli so‘zlar, lavozim, martaba, unvon yoki maqomni bildiruvchi so‘zlardan foydalanishga ruxsat berilmasligi to‘g‘risidagi qoidani kiritadi.

Bungacha ota-onalar bolaga ism qo‘yishda hech qanday cheklovga ega emasdi, FHDYo organlari esa ro‘yxatga olishda ularga rad javobi bera olmasdi.

Rossiyaliklar o‘z farzandlariga noodatiy ismlarni ko‘p qo‘yadi: Moskvaning o‘zidagina Nikolay-Nikita-Nil, Xristamrirados, Delfin, Luka-Schastye Sammerset Oushen ismli o‘g‘il bolalar va Aprel, Polina-Polina, Prinsessa Daniella, Okeana, Sofiya-Solnishko ismli qiz bolalar ro‘yxatga olingan.

Опубликовано: admin (2-05-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют