» » Toshkentda Samsung Galaxy S8 6,5 mln so‘mdan sotuvga chiqdi

Toshkentda Samsung Galaxy S8 6,5 mln so‘mdan sotuvga chiqdi


O‘zbekistonda Samsung kompaniyasining yangi flagman smartfoni — Samsung Galaxy S8 sotila boshladi, deya xabar bermoqda “Mobinfo.uz”.

Yangi qurilma bir nechta noodatiy funksiyalari bilan ajralib turadi. Xususan, displey tepasida ko‘zning rangdor pardasi skaneri paydo bo‘ldi. Quyi rom qalinligining kamayishi hisobiga, u yerda “Uyga” tugmasi uchun joy qolmadi, shu tufayli uni Galaxy S lineykasi tarixida birinchi marta sensorli qilishdi, barmoq izi skanerini esa orqa panelga — kameraning o‘ng tomoniga ko‘chirishdi.

Displey diagonali 5,8 dyuymni tashkil qiladi. Yuqori va quyi romlar qalinligi kamaygani tufayli, yangi smartfon kattaligi jihatidan avvalgi modellardan keskin farq qilmaydi. Quyi yonida USB Type-C universal razyomi joylashdi. Naushnik uchun 3,5 millimetrlik razyom ham o‘sha yerda joylashgan. Avvalgi avlod kabi, Galaxy S8 ham IP68 standarti bo‘yicha suv va changdan himoyalangan.

Telefonga sakkiz yadroli Exynos 8895 protsessori o‘rnatildi. Ba’zi bozorlarga Snapdragon 835 protsessori o‘rnatilgan versiya yetkaziladi.

Qurilma 4 Gb tezkor va 64 Gb ichki xotira, 12 megapikselli asosiy va 8 megapikselli old kamera bilan jihozlangan. Batareyasi sig‘imi 3000 mA/soatga teng.

Toshkentdagi “Malika” savdo markazida smartfon hozircha rekord darajadagi narxda — 6,5 million so‘mga sotilmoqda. Taqqoslash uchun, ayni paytda o‘tgan yilgi flagman — Galaxy S7 Edge’ning narxi 4,6 million so‘mni tashkil qiladi. Galaxy S6 Edge esa 3,3 million so‘mga sotilmoqda.

Ushbu qurilmani ko‘rsatilgan narxda sotib olishga “Daryo” nashri kafolat bermaydi. Qurilma va uning narxi haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan.

Опубликовано: admin (2-05-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют