» » Qohirada jangarilarning qurolli hujumi oqibatida kamida 3 politsiyachi halok bo‘ldi

Qohirada jangarilarning qurolli hujumi oqibatida kamida 3 politsiyachi halok bo‘ldi


Misr poytaxti Qohira shahrida yuz bergan qurolli hujum oqibatida mamlakat politsiyasining kamida uch nafar xodimi halok bo‘ldi, yana besh nafari jarohat oldi. Bu haqda Misr IIVga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, shaharning shimoli-sharqiy qismidagi Madinat-Nasr tumanida ikkita mashina ichidagi noma’lum jangarilar patrulga qarata o‘q uzdi. Buning oqibatida ikki ofitser va muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askar hayotdan ko‘z yumdi.

Hujum mahalliy vaqt bilan yarim tunga 15 daqiqa qolganida (Toshkent vaqti bilan 03:00 da) amalga oshirildi. Ayni vaqtda huquq-tartibot xodimlari hujum uyushtirganlarni qidirmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-05-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют