» » KXDR AQSh bombardimonchi samolyotlarining Janubiy Koreyadagi o‘quv mashg‘ulotlariga keskin munosabat bildirdi

KXDR AQSh bombardimonchi samolyotlarining Janubiy Koreyadagi o‘quv mashg‘ulotlariga keskin munosabat bildirdi


AQSh harbiy-havo kuchlarining strategik bombardimonchilari Janubiy Koreya hududida bomba tashlash mashqlarini bajardi, bu KXDR tomonidan keskin reaksiya ko‘rsatilishiga sabab bo‘ldi, deb yozadi “TASS”.

Shimoliy Koreya Markaziy telegraf agentligi yozishicha, Guamdagi harbiy bazadan ko‘chirib o‘tkazilgan B-1B strategik bombardimonchi samolyotlar 1-may kuni “KXDRning eng muhim obyektlariga havodan zarbalar berishni mashq qildi”. Agentlik o‘quv mashqlari “Tramp ma’muriyati va AQShdagi boshqa urush olovini yoquvchilar har kuni Shimoliy Koreyaga preventiv yadro zarbasi berishni yoqlab gapirayotgan” bir paytda o‘tkazilayotganini ta’kidladi.

Shu tufayli Koreya markaziy telegraf agentligi “KXDR armiyasi amerikalik imperialistlarning harbiy harakatlarini diqqat bilan kuzatayotgani” haqida ogohlantirdi. “Pxenyan AQSh yadroli tiyish kuchlaridan foydalanib boshlaydigan har qanday urushga javob qaytarishga tayyor”, — deyiladi xabarda.

Опубликовано: admin (2-05-2017, 10:58)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют