» » Toshkent shahar IIB xodimlari yolg‘on xabar tufayli 5 kunini behudaga sarfladi

Toshkent shahar IIB xodimlari yolg‘on xabar tufayli 5 kunini behudaga sarfladi


Toshkent shahar IIB xodimlari yolg‘on xabar tufayli 5 kunini behudaga safrladi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev ma’lum qildi, deb yozadi 24POST.

Fuqaro Dilshod Aripov o‘zining g‘arazli maqsadini amalga oshirishda boshqaruvidagi Matiz rusumli avtoulovini davlat raqamlari bo‘lmagan kulrang Matiz avtomobili siqib to‘xtatib, 86 million so‘m naqd pullarini olib ketgani haqida 2017-yilning 18-aprel kuni ichki ishlar idoralariga yolg‘on xabar bergan.

Ushbu xabarga ko‘ra, holat yuzasidan noma’lum shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 166-moddasi to‘rtinchi qismi “a” bandi, ya’ni, talonchilik jinoyat alomatlari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Olib borilgan tergov tezkor harakatlari davomida mazkur jinoyatni jabrlanuvchi Dilshod Aripov yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan 86 million so‘m pullarni qarzga olib, qaytarib bermaslik maqsadida jinoiy sheriklari Alisher Komilov, Aziz Sharipov va Alisher Tursunov bilan birga uyushtirganligi aniqlangan.

Hozirda Dilshod Aripov va uning jinoiy sheriklariga Jinoyat kodeksining 237-moddasi ikkinchi qismi “b” bandi, 238-modda birinchi qismi, ya’ni, g‘arazgo‘ylik niyatlarda yolg‘on xabar berish va yolg‘on guvohlik berish jinoyat alomatlar bilan gumon qilinib tegishli tergov harakatlari olib borilmoqda.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev fosh qilinishi kerak bo‘lgan jinoyatlar o‘z yechimini kutib turgan vaqtda sodir bo‘lmagan jinoyatni ochish uchun ichki ishlar xodimlarining o‘rta hisobda 5–6 kun vaqti behuda sarf bo‘lganini aytib, bu kabi jinoyatlarni oldini olish maqsadida targ‘ibot ishlari olib borish kerakligini ta’kidladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-05-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют