» » 550 quti tamaki mahsulotini non orasiga yashirib, chegaradan olib o‘tishga uringan toshkentlik ayol qo‘lga tushdi

550 quti tamaki mahsulotini non orasiga yashirib, chegaradan olib o‘tishga uringan toshkentlik ayol qo‘lga tushdi


“Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari tamaki mahsulotlarini yashirin ravishda olib chiqishga navbatdagi urinishni fosh etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Toshkent—Istanbul” reysi bo‘yicha parvozga otlangan poytaxtlik Xushnoda Yarasheva xorijda pullash uchun ko‘zlangan 2 turdagi 550 quti sigaretni bojxona nazoratidan yashirincha olib chiqish maqsadida ularni nonlar orasiga yaxshilab berkitgan va ko‘rinib qolmasligi uchun yelim skotch yordamida yaxshilab o‘ragan. Ammo, qoidabuzar nazorat-rentgen apparati ekranida ushbu sigaretlar kaftdek aks etishini inobatga olmagan.

Amaldagi tartiblarga rioya qilmay, naqd xorijiy valyutalarni O‘zbekistondan yashirin yo‘llar bilan olib chiqishga urinish holatlari ham qayd etilmoqda.

Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Qarshi—Kerki” chegara-bojxona posti xodimlari naqd xorijiy valyutalarning yashirin olib chiqilishiga doir bir nechta bojxona qoidabuzarliklarini fosh qildi.

Turkmaniston Respublikasi fuqarosi B.Bobonazarov 2 150 AQSh dollarini yashirincha olib chiqish uchun noutbuk uchun mo‘ljallangan sumkada ko‘z ilg‘amas bo‘shlig‘iga bekitgani bojxona ko‘rigi davomida fosh etildi.

Uning yurtdoshi S.Pirxanova esa 650 AQSh dollarini bagaj tutqichlari orasiga yashirgancha olib chiqib ketayotgan paytda to‘xtatib qolindi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv jarayonlari davom ettirilmoqda.

Xususan, naqd xorijiy valyutalarni oyoq kiyimlari ichiga, bagaj tutqichlari orasiga yoki noutbuk sumkasida yashirin cho‘ntak ochib, bekitgancha olib o‘tgan xorijiy shaxslarning naqd xorijiy valyutalari musodara qilinib, eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha jarima chorasi qo‘llaniladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-05-2017, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют