» » Stroy Center — Toshkentdagi ilk qurilish mollari savdo markazi xaridorlarga juda ma’qul kelmoqda

Stroy Center — Toshkentdagi ilk qurilish mollari savdo markazi xaridorlarga juda ma’qul kelmoqda


Ta’mirlash va qurilish ishlari har qanday kishining asabini tarang qiladi. Bu yumushlarga yangicha nazar bilan qarash imkoniyati esa Stroy Center tomonidan taqdim etildi.

U Toshkent shahridagi ilk qurilish mollari savdo markazi bo‘lib, yaratilgan sharoitlari va zamonaviyligi jihatdan dunyodagi istalgan savdo markazlari bilan bemalol bellasha oladi.

Shu bois, Stroy Center mehmonlari ham u haqda juda yaxshi fikrlar bildirishmoqda. Masalan quyidagi fikr Ernest Patapatov tomonidan Facebook’dagi “Potrebiteli” guruhida qoldirilgan:

(Eslatib o‘tamiz, matn rus tilida bo‘lgani sabab, o‘zbekchaga mos tarzda tajrima qilindi)

Guruhning barcha o‘quvchilariga xayrli kun!

Men ijobiy fikr qoldirmoqchiman. Uyimizni ta’mirlash vaqti kelgandi, shu bois barcha dam olish kunlarini rafiqam bilan biror qiziq narsa, aniqrog‘i gulqog‘oz (oboy) izlab, qurilish mollari bozorlarida o‘tkazdik. Barcha bozorlarni aylanib, bizga ma’qul keladigan hech narsa topa olmadik.

Bolalar xonasi uchun gulqog‘ozlar izlayotgandik. Hamkasblar esa Yunusoboddagi Stroy Center’ni tavsiya qilishdi. U yerda hamma do‘konlar terminal, yaxshi internet bilan jihozlangan va narxlar ham ko‘tarib yuborilmagan ekan.

Biroq bularga shubha bilan Stroy Center’ga kelgandim. Chunki bozorlardagi sotuvchilar “U yerda tanlov kam” deb turli xil antireklamalar qilishgandi-da.

Ammo baribir Stroy Center’ga bordik va shunday yoqimli atmosfera — tozalik, eskalatorlar, sanuzellar — xullas, yaxshi savdo markazlarida bo‘lishi kerak bo‘lgan barcha narsalardan hayratda qoldik.

Barcha mahsulotlar qavatlar bo‘yicha bo‘lib chiqilgan — adashmasam, birinchi qavatda santexnika mahsulotlari edi, ammo bizga hali ular kerak emas.

Ikkinchi qavatda esa bir nechta do‘kondan pol qoplamalari narxini qaradik, narxlarni taqqosladik, bilsak xuddi shu qoplama narxi boshqa yerlardagidan arzonroq ham ekan.

Shuningdek, bozorlardagi do‘konlarning filiallari ham bor ekan. Shu uchun sovuqda, loy kechib bozorlarda yurmasdan, to‘g‘ri shu yerga kelsak bo‘larkan.

Bundan tashqari, Stroy Center’ga kechki payt, 18:00 dan keyin ishdan chiqib borgandik. Bu esa savdo markazining yana bir qulay tomonlaridan: chunki, shahar markazida va ishdan so‘ng kirib o‘tish mumkin, shunda dam olish kunlarini oila davrasida o‘tkazsa bo‘ladi.

Bir do‘kondan gulqog‘ozlarni xarid qildik. Fransuzcha qog‘ozli gulqog‘oz narxi 5 metr kvadratli bir o‘rami uchun 80 ming so‘m.

Gulqog‘oz tanlovi ham juda keng — butun bir qavat. U yerda Gallery Interior, “Люкс”, “Мир Обоев”, Happy Home va “Восток” do‘konlari ham bor edi.

Eng quvonarlisi — issiqqina, shinam bino va xushmuomala xodimlar. Muhimi, qurilish uchun zarur barcha mahsulotlar bitta joyda ekanligi. Sotuvchilarning bari e’tiborli va muloyim.

Aytgancha, “Мастер Вольт” do‘koni juda ham yoqdi. Ko‘plab original lampalar va loft stilidagi torsherlar bor ekan. Shu bilan birga, ular katalogdan ham buyurtma qilib bera olisharkan.

Xullas, endi qurilish mahsulotlari uchun faqat shu yerga boraman.

Ularning saytini ko‘zdan kechirib, yaqin orada bolalar uchun maydoncha va “fud kort” — ovqatlanish hududi ochilishini o‘qidim. Juda ham zo‘r bo‘lar edi. Chunki, dam olish kunlarida bolalarni uyda qoldirib ketgingiz kelmaydi, do‘konlarda esa sho‘xlik qilishadi.

Stroy Center rivojlanaversin, ishga shunday yondoshishgani uchun rahmat.

P.S. Ajdarchali, chiziqli, qizchali va rang purkalganidan xarid qildik (qog‘ozlisi 80 ming va yuviladigani 140 ming). Xaridning umumiy summasi 660 000 so‘m bo‘ldi, chegirma bilan 627 000 so‘m to‘ladik.

Agar Stroy Center’ga hali tashrif qilib ulgurmagan yoki qurilish ishlarini boshlab yuborgan bo‘lsangiz, albatta borib, o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishingizni tavsiya qilamiz:

Manzil: Yunusobod tumani, Amir Temur va Yangishahar ko‘chalari kesishmasi.

Mo‘ljal: Mega Planet savdo majmuasi;

Ish vaqti: Har kuni, soat 9:00 dan 21:00 gacha.

Batafsil ma’lumot bilan www.stroycenter.uz  saytida tanishishingiz mumkin. Shuningdek, yangilik va aksiyalar haqida ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalardan ham xabardor bo‘lib turing:

Reklama huquqi asosida

Опубликовано: admin (2-05-2017, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют