» » Xonanda Rayhon egizaklarining tug‘ilgan kunini nishonladi (foto)

Xonanda Rayhon egizaklarining tug‘ilgan kunini nishonladi (foto)


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva 1-may kuni egizak o‘g‘illari Islom va Imronning tug‘ilgan kunini nishonladi, deb xabar berdi “Darakchi.uz”.

Tug‘ilgan kunga Islom va Imronning do‘stlari, jajji bolakaylar taklif etildi. Ular bayramda o‘zlarining sevimli multiqahramonlari kiyimida namoyon bo‘ldi. Rayhon ham superqahramonlar belgisi aks ettirilgan kiyim kiydi va suratga “superqahramonlar oilasi” deya izoh berdi.

Islom va Imronning yagona xolasi Nasiba qizi Latifa bilan birgalikda tug‘ilgan kunga afsonaviy qahramonlar libosida keldi.

Egizaklarning 3 yoshga to‘lishi munosabati bilan tashkil etilgan kichik bayram dasturida “o‘rgimchak odam”, “temir odam” kabi bolajonlarning boshqa sevimli qahramonlari ishtirok etdi.

Avvalroq, Rayhon va uning sobiq turmush o‘rtog‘i Yigitali Mamajonov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali egizak o‘g‘illarini tug‘ilgan kunlari bilan tabriklagani haqida xabar berilgandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-05-2017, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют