» » Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi


2017-yilning 2-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Saudiya Arabistoni Podshohligining yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi Xishom bin Mish’al bin Suvaylim al-Suvaylim bilan uchrashdi, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.

Vazir elchining ishonch yorliqlari nusxasini qabul qilib oldi.

Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida ikki tomon munosabatlarining, jumladan BMT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doiralaridagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Turli jabhalardagi O‘zbekiston—Saudiya Arabistoni aloqalaridagi ijobiy o‘sish sur’atlari mamnuniyat bilan qayd etildi hamda savdo-iqtisodiy, investitsion va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatdagi ayrim masalalar ham muhokama qilindi.

Oldinroq 2011—2017-yillarda Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi elchisi sifatida faoliyat olib borgan Abdurahmon bin Abdulloh ash-Shayaning diplomatik missiyasi yakunlangandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-05-2017, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют