» » Eron termasi O‘zbekistonga qarshi o‘yin oldidan Chernogoriya bilan o‘ynashga kelishib oldi

Eron termasi O‘zbekistonga qarshi o‘yin oldidan Chernogoriya bilan o‘ynashga kelishib oldi


Karlush Keyrush murabbiylik qilayotgan Eron terma jamoasi JCh—2018 saralashining O‘zbekistonga qarshi javob o‘yini oldidan Chernogoriyaga qarshi maydonga tushish borasida kelishib oldi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar berdi.

Bahs 4-iyun kuni Podgoritsa shahrida bo‘lib o‘tadi. Avvalroq 12-iyun kungi O‘zbekiston termasiga qarshi bellashuv Toshkent vaqti bilan 23:45 ga tayin qilingani aytilgan bo‘lib, keyinroq buning sababi Ramazon oyi bilan izohlangandi.

Ma’lumot uchun, forslar O‘zbekiston termasini mag‘lub etsa, Rossiya mundiali masalasini to‘liq hal qiladi. Ortda qolgan yetti o‘yinda Eron termasi ikki durangni inobatga olmasa, qolgan barchasida zafar quchishga muvaffaq bo‘lgan. Jumladan, Toshkentda o‘zbekistonliklar ham mag‘lub etilgan — 1:0.

Samvel Babayan ustozlik qilayotgan O‘zbekiston terma jamoasi 12 ochko bilan guruhda uchinchi bo‘lib turibdi.

Опубликовано: admin (2-05-2017, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют