» » O‘zbek olimlari Qozog‘istonda limon ko‘chatlarini yetishtirishni boshladi

O‘zbek olimlari Qozog‘istonda limon ko‘chatlarini yetishtirishni boshladi


Qozog‘istonning Atirau viloyatiga Toshkent limonariyasidan 2000 ta limon ko‘chati keltirildi. Bu haqda “1news.uz” xabar bermoqda.

Maxambet tumanidagi 1 gektar maydonda limonlarni mahalliy tadbirkor yetishtiradi. Ko‘chatlar ekib bo‘lindi, ularning avj olishidan tortib, birinchi hosil qilgunicha Toshkentdan kelgan ikki olim kuzatib boradi.

Kelgusi yildan boshlab har bir limon 15 kilogrammgacha hosil berishi taxmin qilinmoqda. 4 yildan so‘ng bu ko‘rsatkich har bir ko‘chatdan 150 kilogrammgachani tashkil etadi.

Tadbirkor Vladimir Rozmetovga ko‘ra, limon ko‘chatlari Abxaziya hamda O‘zbekistonda ko‘zdan kechirildi va toshkentlik olimlar yetishtirgan “Mir” naviga to‘xatilishga qaror qilindi. Aynan shu nav mintaqa iqlim sharoiti va tuproq tarkibiga to‘g‘ri keldi.

Ikki yildan so‘ng Atirau limonlari chetdan keltirilgan sitruslar bilan bemalol raqobatga kirishishi kutilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-05-2017, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют