» » O‘zbekistonda ilk bor Andijondagi avtobuslarda elektron to‘lov tizimi joriy qilindi

O‘zbekistonda ilk bor Andijondagi avtobuslarda elektron to‘lov tizimi joriy qilindi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-yanvardagi “Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida Andijon shahridagi mavjud 14 ta yo‘nalishda harakatlanuvchi 150 ta avtobusda yo‘l haqini elektron transport to‘lov kartochkalar orqali to‘lash joriy etildi, deb xabar beradi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Respublikamizda birinchi bor Andijonda bu tartib yo‘lga qo‘yildi. Yo‘l haqini naqd pulsiz amalga oshirilishi qator qulayliklarni yaratdi. Yo‘lovchi dastlab avtobekat yoki bank muassasalaridan 15 ming so‘mga kartochka sotib oladi. Keyinchalik o‘zining bank plastik kartochkasidan onlayn tartibida unga pul tushirib boradi. Undan ikki yil muddatda respublika bo‘yicha xizmat ko‘rsatayotgan avtobuslarda foydalaniladi. Eng muhimi, bitta kartochkadan butun oila a’zolari foydalanishi mumkin. Yo‘l haqi shahar yo‘nalishlarida bir xil belgilangan.

O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bo‘lim boshlig‘i Abdurashid To‘laganov.

Kartochkadan foydalanish tartibi juda oddiy. Chiptachi kartani terminalga (validator) tekkazib pul mablag‘ini yechadi. To‘lov amalga oshirilganini tasdiqlash maqsadida sana, vaqt, yo‘nalish nomi, avtobus va karta raqami hamda qolgan mablag‘ haqida hisobotlar qayd etilgan chipta(chek) beriladi. Busiz yo‘l haqi to‘lanmagan hisoblanadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-05-2017, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют