» » Asqar Tolibjonov rahbarlik qilgan O‘FF terma jamoalar markazi faoliyati tugatildi

Asqar Tolibjonov rahbarlik qilgan O‘FF terma jamoalar markazi faoliyati tugatildi


O‘zbekiston futbol federatsiyasi qoshida tashkil etilgan Terma jamoalar markazi faoliyati tugatildi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar berdi.

O‘FF prezidenti Mirabror Usmonovning buyrug‘iga asosan O‘zbekiston terma jamoalar markazining faoliyati tugatildi, deb yozilgan xabarda. Buning sabablari esa oshkor etilmagan.

Ma’lumot uchun, Terma jamoalar markazi 2009-yilda tashkil qilingan bo‘lib, shu yilning o‘zidayoq Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgandi. Uni dastlabki ikki oy davomida Alisher Nikimbayev boshqardi, keyin uning o‘rnini Asqar Tolibjonov egalladi hamda markaz faoliyati yakuniga qadar uni boshqardi.

Terma jamoalar markazi barcha turdagi mamlakat termalarini o‘zida birlashtirgan tashkilot hisoblanib, O‘zbekiston milliy terma jamoasidan tortib, ayollar termalariga qadar uning qaramog‘ida edi.

Kreditorlar talablari ko‘rsatilgan arizalar Terma jamoalar markazini tugatish haqidagi e’lon chiqqan vaqtdan boshlab ikki oy davomida qabul qilinadi.

Опубликовано: admin (2-05-2017, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют