» » Shavkat Mirziyoyev Ozbekbaliqsanoat uyushmasini tashkil etish haqidagi qarorni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev Ozbekbaliqsanoat uyushmasini tashkil etish haqidagi qarorni imzoladi


Ozbekiston Prezidentining 1-maydagi qarori bilan Ozbekbaliqsanoat uyushmasi tashkil etilmoqda. Ushbu tuzilma baliqchilik sohasini takomillashtirish bilan shugullanadi, deb xabar beradi Gazeta.uz.

Qarorga berilgan rasmiy sharhda keltirilishicha, baliq chavoqlari ishlab chiqarish hamda tabiiy suv havzalari vasuniy kollardan samarasiz foydalanish baliqchilik tarmogining eng zaif bogini hisoblanadi. Natijada suniy kollarning hosildorligi bir gektarda 20 sentnerdan oshmaydi, bujahondagi ortacha korsatkichlardan ancha pastdir. Baliqchilik sohasidagi ilgor xorijiy tajribalarni organish, intensiv texnologiyalarni keng joriy etish vabaliq yetishtirishning yuqori texnologik usullaridan foydalanish alohida etiborni talab qiladi.

Baliq mahsulotlari ishlab chiqarishning tashkiliy-texnologik jarayonlarini tizimli tashkil etish, baliq chavoqlarini takror kopaytirish vaozuqa bazani mustahkamlash, tabiiy suv havzalari vasuniy kollarning resurslaridan oqilona foydalanish, shuningdek, baliq yetishtirish jarayoniga ilmiy asoslangan usullarni vaintensiv texnologiyalarni joriy etish Ozbekbaliqsanoat uyushmasining asosiy vazifalari va yonalishlari hisoblanadi.

Bundan tashqari, baliqchilik tarmogida ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada takomillashtirish, ilmiy kadrlar tayyorlash, ilmiy vatexnik yangiliklarni tadbirkorlik subyektlariga yetkazish maqsadida Baliqchilikni rivojlantirish ilmiy-tajriba stansiyasi Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutiga aylantirildi vaAydar-Arnasoy kollar tizimida hamda respublikaning boshqa hududlarida uning filiallarini ochish belgilandi.

Tarmoq loyihalarini birgalikda moliyalashtirish, shuningdek, maslahat, axborot-tahlil vamarketing xizmatlari korsatish yoli bilan baliqchilikni rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishiga komaklashish uchun qarorda Ipoteka bank aksiyadorlik tijorat ipoteka bankining investitsion kompaniyasini tashkil etish maqullandi vauning ulushi yangidan tashkil etilayotgan hududiy Baliqsanoat masuliyati cheklangan jamiyatlarining ustav fondida kamida 51 foizni tashkil etadi.

Ilmiy-tadqiqot, seleksiya vanaslchilik ishlarini moliyalashtirish, ozuqalarning zamonaviy retsepturalarini ishlab chiqish vabaliqchilik tarmogiga ilgor texnologiyalarni joriy etishda komaklashish, baliqlarning kasalliklari profilaktikasi vaularni davolash hamda tarmoqni rivojlantirish boyicha investitsiya loyihalarini shakllantirish maqsadida Ozbekbaliqsanoat uyushmasida Baliqchilikni rivojlantirish jamgarmasi tashkil etiladi.

Ozbekbaliqsanoat uyushmasini, uning hududiy Baliqsanoat masuliyati cheklangan jamiyatlarini vauyushma tarkibiga kiruvchi yuridik shaxslarni moliyaviy qollab-quvvatlash maqsadida ularga 2023-yilning 1-yanvarigacha urug, baliq chavoqlari vatovar baliq yetishtirishdan, baliq mahsulotlarini tayyorlash va qayta ishlashdan olingan daromadlaridan yagona soliq tolovi tolashdan ozod etish boyicha imtiyozlar berilmoqda. Bunda boshaydigan mablaglar, birinchi navbatda, belgilangan tartibda baliqchilik tashkilotlarini iqtisodiy qollab-quvvatlashga, baliqchilik tarmogining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga vasoha xodimlarini moddiy ragbatlantirishga yonaltiriladi.

Mazkur qaror bilan, shuningdek, baliq yetishtirish vauni qayta ishlash hajmlarini kopaytirishga, baliq chavoqlari bilan taminlashga, baliq yetishtirishning zamonaviy usullarini joriy etishga yonaltirilgan 20172021-yillarda baliqchilik tarmogini yanada kompleks rivojlantirish boyicha dasturiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish vaamalga oshirish boyicha ishchi guruh tashkil etildi. Yuqori mahsuldor baliq turlarini iqlimlashtirish ishlarini ilmiy asosda tashkil etish hisobiga baliqlarning Afrika laqqasi, tilyapiya, forel, Vengriya sazani vaosyotr turlarini kopaytirish yolga qoyiladi. Bu, oz navbatida, ichki bozorlarga uzluksiz ravishda keng assortimentdagi arzon vasifatli baliq mahsulotlari yetkazib berilishini taminlaydi.

Shubhasiz, buyutuqlarga erishish uchun bir qator kechiktirib bolmaydigan vaamaliy vazifalarni oz vaqtida vasifatli hal etish talab etiladi. Ular jumlasiga Aydar-Arnasoy kollar tizimi vasuv omborlaridagi mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish boyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish vaamalga oshirish, qafas usulida baliq yetishtirishni keng joriy etish, baliq yetishtiruvchi vabaliq ovlovchi tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, bugungi kunda faoliyat korsatayotgan bir qator kasb-hunar kollejlarining ixtisoslashuvini qayta korib chiqish vaToshkent davlat agrar universitetida baliqchilik sohasi uchun kadrlar tayyorlash fakultetini tashkil etish, buborada xalqaro tajribani organish vabaliqchilik sohasida ishlash uchun chet elmutaxassislarini jalb etish kabi masalalar kiradi.

: admin (2-05-2017, 19:58)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
:
-
:
20 ... -