» » Rossiyada Imo messenjeri taqiqlandi

Rossiyada Imo messenjeri taqiqlandi


Rossiyaning axborot sohasidagi nazorat organi — “Roskomnadzor” taqiqlangan saytlar reyestriga BlackBerry, Imo va LINE messenjerlarini kiritdi. Ular mamlakat hududida axborot tarqatuvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tishdan bosh tortdi, deb xabar beradi “Kommersant.ru”.

Shuningdek, ro‘yxatga VChat audiovizual chati kiritildi.

Messenjerlar bloklanganini tashkilot vakili Vadim Ampelonskiy tasdiqladi.

Shu bilan birga, yana qaysi messenjerlarga tegishli so‘rov jo‘natilgani hozircha noma’lum bo‘lib qolmoqda.

“Konkret servislarga nisbatan choralar qabul qilinishi asnosida barchasini bilib borasiz”, — ta’kidladi Ampelonskiy.

Опубликовано: admin (2-05-2017, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют