» » Chexiya bosh vaziri hukumat iste’foga tayyorlanayotganini ma’lum qildi

Chexiya bosh vaziri hukumat iste’foga tayyorlanayotganini ma’lum qildi


Chexiya bosh vaziri Boguslav Sobotka bosh vazir o‘rinbosari va moliya vaziri Andrey Babish bilan bog‘liq vaziyat tufayli hukumat iste’foga chiqishga tayyorlanayotganini bildirdi. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “Kommersant.ru” xabar bermoqda.

Aytilishicha, Sobotka shu hafta prezident Milosh Zeman bilan uchrashib, unga o‘z qarorini bildirishi kutilmoqda.

Ilgariroq Sobotka Babishni soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashda ayblagan edi. Agrofert agroxoldingi egasi bo‘lmish Babish Chexiyadagi ikkinchi eng boy tijoratchi hisoblanadi. Bosh vazirning fikricha, bu uning siyosiy mansabi bilan bog‘liq ravishda manfaatlar ixtilofini keltirib chiqarmoqda.

Shuningdek, hukumat rahbari parlamentga navbatdan tashqari saylov o‘tkazilishi mumkinligini aytib o‘tdi.

Опубликовано: admin (2-05-2017, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют