» » IIV ixtiyoriga qaytgan ichki qo‘shinlar, dam olish kuni deb e’lon qilingan 8-may, O‘zbekiston viloyat markazlari uchun tramvaylar va kunning boshqa muhim xabarlari

IIV ixtiyoriga qaytgan ichki qo‘shinlar, dam olish kuni deb e’lon qilingan 8-may, O‘zbekiston viloyat markazlari uchun tramvaylar va kunning boshqa muhim xabarlari


2-mayning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. O‘zbekistonda 8-may dam olish kuni deb e’lon qilindi. Bu haqdagi qaror “9 may — Xotira va qadrlash kunining xalqimiz hayotidagi muhim ijtimoiy-ma’naviy o‘rni va ahamiyatini e’tiborga olib hamda aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida” qabul qilingan.

2. Qayta tiklangan maxsus topshiriqli bo‘linma O‘zbekiston IIV tarkibiga o‘tkazildi. Ushbu bo‘linma O‘zbekiston Prezidentining tegishli qaroriga asosan Ichki ishlar vazirligi tarkibiga o‘tkazildi.

3. O‘zbekistonda xorijga chiqish vizasi olish uchun elektron navbat tizimi joriy etiladi. Bu xizmatda faoliyat ko‘rsatuvchi xodimlar soni keskin ko‘paytiriladi.

4. Viloyatlar markazlarida tramvaylar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bundan tashqari, istiqbolda Toshkent halqa yo‘lida elektrlashtirilgan yo‘llar qurish va elektr poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

5. Video: Shov-shuvlarga sabab bo‘lgan Surxondaryodagi bog‘cha tarbiyachisi va Farg‘onadagi o‘qituvchiga chora ko‘rilgan. Ichki ishlar vaziri Denovdagi bog‘chada va Farg‘onadagi maktabda yuz bergan holatga munosabat bildirdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-05-2017, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют