» » Krishtianu Ronalduning xet-trigi Madrid derbisida “Real”ning yirik g‘alabasini ta’minladi

Krishtianu Ronalduning xet-trigi Madrid derbisida “Real”ning yirik g‘alabasini ta’minladi


Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar ligasining yarim finalidan joy olgan birinchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Madridning ikki klubi — “Real” va “Atletiko” “Santyago Bernabeu” stadionida to‘qnash keldi. Bellashuvda Krishtianu Ronaldu tomonidan qayd etilgan xet-trik “Qirollik klubi”ning yirik g‘alabasini ta’minladi — 3:0.

Shu tariqa “Real” Chempionlar ligasining finali uchun birinchi qadamini tashladi. Bunga qadar Zidan shogirdlari “Napoli” hamda “Bavariya” klublariga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘ygandi.

Ma’lumot uchun, Chempionlar ligasining so‘nggi finali ham Madrid derbisi shaklida o‘tib, u “Real”ning chempionligi bilan yakun topgandi. Mazkur musobaqada ketma-ket ikki bor zafar quchish Yevropaning birorta ham klubiga nasib qilmagan. “Real” shu yo‘lda birinchi qadamni qo‘ydi.

Yevropa Chempionlar ligasi
Yarim final
2-may, seshanba

Gollar: Krishtianu Ronaldu, 10 (1:0). Krishtianu Ronaldu, 73 (2:0). Krishtianu Ronaldu, 86 (3:0).

Опубликовано: admin (3-05-2017, 05:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют