» » Andijon viloyatida 17 nafar bolaning sunnat to‘yi o‘tkazildi

Andijon viloyatida 17 nafar bolaning sunnat to‘yi o‘tkazildi


Andijon shahri va Andijon tumanidan 17 bolaning sunnat to‘yi o‘tkazildi, deb xabar bermoqda O‘zA.

To‘y bolalar karnay-surnay sadolari ostida milliy an’analarimizga xos kutib olindi. Tantanada ularning sha’niga aytilgan qutlov va tabriklar, kuy va ko‘shiqlar barchaga xush kayfiyat ulashdi. Bolajonlarga viloyat hokimligi, homiy tashkilotlarning sovg‘alari, turli mavzulardagi kitoblar to‘plami hamda Xalq banki bo‘limlari tomonidan hisobiga 1 million so‘mdan mablag‘ qo‘yilgan omonat daftarchalari topshirildi.

– Bugun Prezidentimiz ko‘magi bilan farzandim Muhammadaminning sunnat to‘yini o‘tkazdik, – deydi Andijon shahridagi “G‘ayrat” mahallasida yashovchi Saodatxon Hakimova. – Kam ta’minlangan oilalarga, ayniqsa, farzandlarimizga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikdan boshimiz ko‘kka yetdi. Buning uchun davlatimizdan, barcha saxovatli insonlardan behad minnatdormiz.

Tadbirda Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov so‘zga chiqdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-05-2017, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют