» » Shomahmudovlar oilasiga atalgan haykal Xalqlar do‘stligi bog‘ida 7-may kuni ochiladi (foto)

Shomahmudovlar oilasiga atalgan haykal Xalqlar do‘stligi bog‘ida 7-may kuni ochiladi (foto)


Toshkentdagi Xalqlar do‘stligi bog‘ida (sobiq Bobur bog‘i) temirchi Shomahmudovning oilasiga atalgan haykalni o‘rnatish bo‘yicha montaj ishlari olib borilmoqda, deb yozadi “Nuz.uz”. U bog‘ning oxiridagi “Dunyo qo‘ng‘irog‘i”dan chap tomonga joylashadi.

Ayni paytda quruvchilar haykalni qo‘yish uchun poydevorni tayyorlamoqda. Monumentni o‘rnatishga javobgar bo‘lgan kompaniya bosh muhandisi ma’lum qilishicha, haykalga to‘rt tomondan  — trotuar yo‘laklari va zinalar orqali yaqin kelish mumkin.

Sutkaning qorong‘i qismida monument to‘rt  tomondan ham yotilib turadi. Shuningdek, gul qo‘yish uchun supa ham ko‘zda tutilgan.

Yodgorlikdagi haykallar “Istiqlol” san’at saroyi maydoni (sobiq “Xalqlar do‘stligi)da qanday joylashgan bo‘lsa, bu yerda ham xuddi shunday joylashuvga ega bo‘ladi.

Obyekt joriy yilning 7-may kuni topshirilishi rejalashtirilgan. Shu kuniyoq haykalning ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Опубликовано: admin (3-05-2017, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют