» » GM Uzbekistan rasmiy saytida tez-tez beriladigan savollarga javoblar keltirilgan bo‘limni ochdi

GM Uzbekistan rasmiy saytida tez-tez beriladigan savollarga javoblar keltirilgan bo‘limni ochdi


GM Uzbekistan o‘z manziliga kelib tushayotgan savollar sonining ko‘pligi tufayli, rasmiy saytida tez-tez beriladigan savollarga javoblar keltirilgan bo‘limni ochdi. Bu haqda qo‘shma korxona Facebook’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi. Ushbu bo‘lim bilan quyidagi havoladan o‘tib tanishishingiz mumkin – http://gmuzbekistan.uz/chasto-zadavaemye-voprosy.html.

“Bundan tashqari, biz kompaniyaning Facebook sahifasida ham tez-tez beriladigan savollarga doimiy ravishda rasmiy javoblar berib boramiz”, — deyiladi xabarda. Kompaniya savollardan biriga javob berdi. Savollarning biri quyidagicha berilgan: “Men yurtimizda ishlab chiqarilgan avtomobilni xarid qilmoqchiman. Buni qanday amalga oshirsam bo‘ladi? Avtomobillarga shartnoma berish tartibi qanday?”

Javob beramiz:

Amaldagi tartibga asosan yurtimizda ishlab chiqarilgan avtomobillarni GM Uzbekistan AJning dilerlik korxonalaridan birida xarid qilish mumkin. Avtomobil xarid qilish uchun mijoz GM Uzbekistan AJning rasmiy dilerlik korxonasiga murojaat etishi lozim.

Dilerlik korxonasi, unga har oy berib boriladigan shartnomalar orasida mijoz istayotgan avtomobil modeliga to‘g‘ri keluvchi shartnoma bo‘lgan taqdirda, o‘sha kuniyoq shartnomani rasmiylashtirishi mumkin. Ma’lumot uchun shuni qayd etib o‘tish lozimki, har bir dilerlik korxonasida shu kuni savdoda mavjud bo‘lgan avtomobillar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rsatib turuvchi monitorlar o‘rnatilgan. Shuningdek, bu turdagi ma’lumotni rasmiy veb-saytlardan, dilerlik korxonalarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan, yoki GM Uzbekistan AJning mijozlarni qo‘llab-quvvatlash markazining +99871-141-77-77 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib bilib olish mumkin.

Dilerlik korxonasida istakdagi avtomobil modelining kerakli modifikatsiyasiga shartnomalar bo‘lmagan taqdirda, mijoz istagiga qarab maqsad to‘g‘risidagi dalolatnoma tuziladi. Bu dalolatnomada avtomobil modeli (modifikatsiyasi), rangi va avtomobilni yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnomani tuzish sanasi ko‘rsatiladi.

Ushbu dalolatnoma buyurtmani elektron navbatga kiritish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi, ishlab chiqarish rejasini yaratishda va dilerlik korxonalari orasida avtomobillarni taqsimlashda esa undan foydalaniladi.

Опубликовано: admin (3-05-2017, 09:43)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 56) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют