» » Afg‘onistonda AQSh elchixonasi yaqinida sodir bo‘lgan kuchli portlash oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistonda AQSh elchixonasi yaqinida sodir bo‘lgan kuchli portlash oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi


Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda TOLOnews telekanaliga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda. Hodisa oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, 25 nafari jarohat oldi.

Ma’lum bo‘lishicha, portlash xudkush tomonidan amalga oshirildi. Portlash chet el harbiylari bo‘linmasi o‘tib ketayotgan tumanda sodir etilgani qayd etilmoqda.

Reuters agentligining o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, portlash vaqtida Kobul markazida NATO koalitsiyasiga tegishli transport vositalari o‘tib ketayotgan edi. Manbalarga ko‘ra, portlash aynan shunga qaratilgan edi.

Portlash sodir bo‘lgan hudud yaqinida AQShning Afg‘onistondagi elchixonasi joylashgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-05-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют