» » Xorazmda somon ortilgan yuk mashinasi trolleybus simiga tegib, butunlay yonib ketdi (video)

Xorazmda somon ortilgan yuk mashinasi trolleybus simiga tegib, butunlay yonib ketdi (video)


Xorazmda somon ortilgan yuk mashinasi trolleybus simi tortilgan ko‘chadan o‘tayotib, unga tegib ketdi. Somon alanga olib, yuk mashinasini ham o‘t ichida qoldirdi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” (“Drivers.uz”) guruhi a’zolari xabar berdi.

Postga ilova qilingan videoda yuk mashinasi yo‘l chetida quyuq tutun chiqarib yonayotganini ko‘rish mumkin. Avtomobil butunlay olov ichida qolgan. Shuningdek, o‘t o‘chirish mashinasi yetib kelganini va yong‘inni bartaraf etishga kirishganini ko‘rish mumkin.

Hodisa natijasida avtomobil haydovchisi yoki boshqa kishilar jabr ko‘rgan-ko‘rmaganiga aniqlik kiritilmagan.

Опубликовано: admin (3-05-2017, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 13) ( 0) ( 11) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют