» » FVV: Zilzila oqibatida jabrlanish va talafotlar kuzatilmadi

FVV: Zilzila oqibatida jabrlanish va talafotlar kuzatilmadi


O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi bugun, 3-may kuni Tojikiston hududida yuz bergan yer qimirlashi oqibatida O‘zbekiston hududida jabrlanish va talafotlar kuzatilmagani haqida xabar berdi.

“Toshkent” seysmostansiyasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2017-yilning 3-may kuni soat 09:47 da O‘zbekistonning ayrim hududlarida zilzila qayd etilgan. Zilzilaning epitsentri Toshkent shahrining janubi-sharqiy yo‘nalishida 295 km uzoqlikda Tojikiston Respublikasi hududiga to‘g‘ri keladi. Epitsentrda qayd etilgan zilzila magnitudasi 6,0 ni tashkil etdi.

Respublika hududida seysmik faollik Farg‘onada 4,5 ball, Andijonda 4 ball, Toshkentda 3,5-4 ballni tashkil etgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-05-2017, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют