» » Xitoylik kimyogarlar havoni benzinga aylantirish usulini topdi

Xitoylik kimyogarlar havoni benzinga aylantirish usulini topdi


Xitoyning Dalyan shahrida Kimyoviy fizika instituti olimlari karbonat angidrid gazi va vodorodni tarkibi benzinga o‘xshash bo‘lgan aralashmaga aylantira oluvchi uskunani ishlab chiqdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Mutaxassislar ishonch bildirishicha, ularning ixtirosi insoniyatga global isishga qarshi kurashda yordam beradi va tabiiy qazilmalar tugashi muammosini hal qiladi. Katalizator yordamida karbonat angidridni benzin va boshqa yuqori oktanli yoqilg‘ilarning asosini tashkil etuvchi uglevodorodga aylantirish mumkin. Bundan tashqari, katalizator kamida 1000 soat ishlashga qodir, bu uni nafaqat tajribaviy, balki sanoat sharoitlarida ham qo‘llash imkonini beradi.

Uskuna suv filtrlarida keng qo‘llaniladigan temir va natriy oksidi birikmalaridan iborat nanozarralardan tashkil topgan. Ta’kidlanishicha, karbonat kislotaning 96 foizi benzin analogiga aylanadi, 4 foizigina metanga aylanadi.

Bungacha turli mamlakatlar olimlari shunday katalizator yaratishga urinib ko‘rgan, ammo ijobiy natijalarga erishmagan edi.

Опубликовано: admin (3-05-2017, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют