» » Olimlar navbatdagi kuchli zilzila qayerda va qachon yuz berishini aniqladi

Olimlar navbatdagi kuchli zilzila qayerda va qachon yuz berishini aniqladi


Seysmologlar Chilida yaqin orada halokatli zilzila yuz berishi ehtimoli katta ekanligini ma’lum qildi, deb yozadi National Geographic. U insoniyat tarixidagi eng yirigi bo‘lishi mumkin.

Chili va jahonning boshqa nuqtalarida kuzatilgan zilzilalarning yuzaga kelishini tahlil qilib, Fransiya va Chili mutaxassislari yangi rekord darajadagi kuchli zilzila aynan ushbu mamlakatda sodir bo‘lishiga ishonch bildirdi. Unga Naska litosfera plitasining me’yordan chetga chiqayotgan harakati sababchi bo‘ladi.

Tinch okeanining sharqiy qismida joylashgan Naska plitasi yiliga taxminan 6 sm tezlikda Janubiy Amerika plitasi ostiga cho‘kmoqda. Ammo Chili qirg‘oqlari hududida ikkala litosfera plitalari o‘rtasidagi ishqalanish tormozlanmoqda, bu esa o‘ziga xos “nuqson”ga olib kelmoqda. 70 yil ichida ushbu farq to‘rt metrdan ortdi, plitalar juda kuchli zilzilalar yordamida bir-biriga nisbatan joylashuvlarini to‘g‘rilab oladi.

Seysmologlar fikricha, kamida 8,3 magnitudali navbatdagi zilzila Chilida yaqin 60—80 yil ichida yuz beradi. Bunday zilzila xavfi shu yilning o‘zidayoq 3 foiz darajasida belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilning 3-may kuni soat 09:47 da O‘zbekistonning ayrim hududlarida zilzila qayd etildi. Zilzilaning epitsentri Toshkent shahrining janubi-sharqiy yo‘nalishida 295 km uzoqlikda Tojikiston Respublikasi hududiga to‘g‘ri keladi. Epitsentrda qayd etilgan zilzila magnitudasi 6,0 ni tashkil etdi.

Опубликовано: admin (3-05-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют