» » Qirg‘izistonda ko‘chki ostida qolgan 5 kishining jasadi aniqlandi

Qirg‘izistonda ko‘chki ostida qolgan 5 kishining jasadi aniqlandi


Shu yilning 29-aprel kuni Qirg‘izistonning O‘sh viloyati, O‘zgan tumanidagi Ayu qishlog‘iga yopirilgan ko‘chki ostida 11 uy qolib ketgani xabar berilgandi. Ko‘chki ostida hozircha jami 5 kishining jasadi aniqlandi, deb xabar bermoqda “RBK”.

Avvalroq ko‘chki ostidan ikki bolaning tanasi topilgani haqida xabar berilgandi. 1-may kuni esa 1997-yilda tavallud topgan qizning tanasi aniqlangandi.

Xabarda qayd etilishicha, 2 aprel kuni kechga yaqin dastlab 1978-yili tavallud topgan erkakning jasadi, keyin esa 2013-yilda tug‘ilgan bolaning tanasi topildi.

Mavzuga doir: Qirg‘izistonning Toshkentdagi elchixonasida ochilgan Hamdardlik kitobiga qayd kiritildi

“Ko‘chki ostidan topilgan jasadlar ota va bolaga tegishli. Har ikki tana ko‘mish uchun oilalariga topshirildi”, – deyiladi Qirg‘iziston IIV xabarida.

29-apreldan bugungi kungacha ko‘chki ostida qolgan halok bo‘lgan deb hisoblanayotgan 24 kishidan 5 nafarining jasadi topildi. Qidiruv ishlarini to‘xtatish borasida qaror qabul qilinmadi.

Foto: O‘zgandagi ko‘chki ostida 24 kishi qolib ketdi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-05-2017, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют