» » Getsbi va “Uoll-stritlik bo‘ri”larning uyi sotuvga qo‘yildi

Getsbi va “Uoll-stritlik bo‘ri”larning uyi sotuvga qo‘yildi


Long-Aylenddagi (Nyu-York) ikkita mulk bir vaqtning o‘zida yangi egasini izlamoqda. Ushbu mulklarning o‘zaro bog‘liqligi ular turli vaqtlarda Leonardo Di Kaprioga tegishli bo‘lgan. Aniqrog‘i u o‘ynagan filmlardagi qahramonlarga, deb xabar berdi Forbes Life.

Laffey Real Estate agentligi 2013-yilda suratga olingan “Buyuk Getsbi” filmidagi koshonani sotuvga qo‘ydi. 1928-yilda qurilgan qasrning maydoni 1352 kvadrat metr bo‘lib, yangi xo‘jayiniga 85 million dollarga tushishi mumkin. Qal’a qo‘shimcha tarzda 2,8 gektar yerni hamda to‘qqizta avtomobilga mo‘ljallangan garajni ham o‘z ichiga oladi.

Old Brukvillda joylashgan “Uoll-stritlik bo‘ri” filmidagi koshonani esa Douglas Elliman Real Estate agentligi 3,4 million dollarga sotish niyatida. Uy rostdan ham Di Kaprio filmda ijro etgan broker Jordan Belfortga tegishli. Biroq mulk 2001-yilda Belfort firibgarlik orqali jabrlangan shaxslari bilan hisob-kitob qilishi uchun davlat tomonidan tortib olinib, sotib yuborilgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-05-2017, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют