» » Boshi ko‘chirib o‘tkaziladigan birinchi inson xitoylik bo‘ladi

Boshi ko‘chirib o‘tkaziladigan birinchi inson xitoylik bo‘ladi


Boshni ko‘chirib o‘tkazishga urinishlar XX asrning boshidan buyon davom etib kelmoqda. 1908-yilda amerikalik fiziolog Charlz Klod Gatri dunyoda birinchi bo‘lib bunday operatsiyani muvaffaqiyatli amalga oshirgan. U itning boshini ko‘chirib o‘tkazgan, biroq ko‘chirilgan a’zo faoliyat ko‘rsatmagan. Yarim asrdan so‘ng shifokorlar bu muammoni hal qildi va hozirgi kunda it, maymun va sichqonlarning boshini ko‘chirib o‘tkazish amalga oshirilmoqda. Bu haqda National Geographic xabar bermoqda.

Shu vaqtgacha inson boshi ko‘chirib o‘tkazish ba’zi etik masalalar va hal qilinmagan bir qator tibbiy jihatlar sababli amalga oshirilmagan. Xususan, kesilgan miya qismlarini birlashtirishning samarali texnologiyasi mavjud emasligi bosh va tana o‘rtasida aloqa o‘rnatishga imkon bemagan.

Italiyalik neyrojarroh Serjo Kanavero bu sohada katta muvaffaqiyatlarga erishgan. Yaqinda u ulangan miya mushaklarida neyronlar o‘sishini aks ettirgan fotosuratni e’lon qilgan va bu texnologiya insonlarga bosh ko‘chirib o‘tkazish imkoniyatini oshiradi.

Birinchi bemor vladimirlik yosh muhandis Valeriy Spiridonov bo‘lishi kerak edi. U kamyob genetik kasallikka uchragan bo‘lib, nogironlar aravachasida harakatlanadi. Biroq Kanavero boshqa bemor izlayotganini ma’lum qilgan. Operatsiya 2017-yilning dekabr oyida Xitoyning Xarbin shahrida o‘tkaziladi. Ilmiy guruhning boshni ko‘chirib o‘tkazish uchun bir nechta nomzodlari bor, ularning barchasi tuzalmas kasalga uchragan va Xitoyda yashaydi. Ular haqida boshqa ma’lumot yo‘q. Shuningdek, to‘rt yil operatsiyaga tayyorlangan Spiridonovning nima uchun ro‘yxatdan olib tashlanganligi ham ma’lum qilinmayapti.

Bemorni tanlash haqidagi yakuniy xulosani va inqilobiy texnologiyaning boshqa tafsilotlarini shifokorlar yaqin oylarda e’lon qilishga va’da bermoqda. Hozirgi vaqtda Kanavero rahbarligidagi ilmiy jamoa avval inson boshini ko‘chirishga xalaqit bergan barcha muammolarni bartaraf etgan. Italiyalik neyrojarroh operatsiya muvaffaqiyatini 90 foizga baholamoqda. Operatsiya taxmin qilinganidan ko‘ra yengilroq bo‘ladi va kutilganidek unga kamida 72 soat talab qilinmaydi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-05-2017, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют