» » Dubayda chekib bo‘lingan sigaretalarni ko‘chaga tashlagan haydovchilar 1000 dirham jarimaga tortiladi

Dubayda chekib bo‘lingan sigaretalarni ko‘chaga tashlagan haydovchilar 1000 dirham jarimaga tortiladi


Dubay rasmiylari ekologiyaga tahdid qiluvchi hamda yo‘llarda yong‘in xavfini yuzaga keltiruvchi muammo — chekib bo‘lingan sigaretalarni avtomobillardan uloqtirishga qarshi kurashni keskinlashtirmoqda. Bu haqda mahalliy The National nashri xabar bermoqda, deb yozadi UEA Inside.

Qonunchilikka o‘zgartirish joriy yilning 1-iyulida kuchga kiradi. Unga ko‘ra, ishlatilgan sigaretani avtomobildan uloqtirgan haydovchilar ming dirham (272 dollarga yaqin) jarima to‘lashi kerak bo‘ladi.

Bundan tashqari, qoidabuzarlarning haydovchilik guvohnomasiga oltita “qora nuqta” qo‘yiladi. 24 ta shunday belgi to‘plagan haydovchi guvohnomadan mahrum etiladi.

Politsiyachilar mazkur huquqbuzarlik uchun nafaqat haydovchilar, balki chekib bo‘lingan sigaretani mumkin bo‘lmagan joyga tashlagan har qanday yo‘lovchini jarimaga tortishi mumkin.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-05-2017, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют