» » Rossiyalik sayyohlar orasida Toshkent MDHdagi eng yaxshi shaharlar o‘ntaligidan joy oldi

Rossiyalik sayyohlar orasida Toshkent MDHdagi eng yaxshi shaharlar o‘ntaligidan joy oldi


TurStat tahliliy agentligi rossiyalik turistlar orasida 2017-yil may oyining birinchi o‘n kunligi bo‘yicha MDH va yaqin chet el mamlakatlariga sayohat qilish ma’qul ko‘riladigan mashhur shaharlarni e’lon qildi, deb xabar berdi “Turstat.com”.

Ro‘yxatda MDH davlatlari ichidan birinchilikni Minsk shahri egalladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, rossiyaliklar turistlar Minsk shahriga o‘rtacha uch kunga keladi va mehmonxonada yashash uchun kuniga 3,2 ming rubl (56 dollar) sarflaydi.

Tbilisiga rossiyalik turistlar o‘rtacha 4 kunga (sutkasiga 51 dollar), Olmaotaga 4,5—5 kunga (sutkasiga 61 dollar), Bokuga — 3,5 kunga (58 dollar), Yerevanga — 3 kunga (54 dollar), Kiyevga — 2,5 kunga (52,5 dollar), Toshkentga — 2 kunga (44 dollar) kelishadi.

Yashash uchun eng arzon shahar — Bishkek (1,5 kunga 35 dollar) va Kishinyov (1,5 kunga 36,8 dollar), eng qimmati — Ostona (2 kunga 58,5 dollar) deb topildi.

Rossiyalik turistlar orasida MDH dagi eng mashhur 10 ta shahar:

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-05-2017, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 33) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют