» » Namanganda faxriylarga Prezident va Ichki ishlar vaziri tabriknomalari topshirildi

Namanganda faxriylarga Prezident va Ichki ishlar vaziri tabriknomalari topshirildi


Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi urush va mehnat faxriysi Ahmadjon ota Abdullayevga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Ichki ishlar vazirining tabriknomalari topshirildi. Bu haqda “Daryo”ga Namangan viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Navkent qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Ahmadjon ota Abdullayev 1943-yilda frontga otlanib, urushning so‘nggi kunlariga qadar janggohlarda bo‘ldi. 1950-yildan boshlab tuman ichki ishlar bo‘limida 30 yil davomida namunali xizmat qildi.

Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati Akmal Rahmonov, Namangan viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Aziz Toshpo‘latov, tuman hokimi Muhammadzokir Mamatxonov Ahmadjon otaga tabriknomalarni yetkazdi. Ikki million so‘m miqdoridagi pul mukofoti va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shunday yo‘qlov Namangan shahrida istiqomat qiluvchi istefodagi polkovnik Mahmudjon Nuritdinov xonadonida ham bo‘lib o‘tdi. 1956-yildan Namangan viloyat IIBda turli lavozimlarda faoliyat yuritgan Mahmudjon otaning nabiralari bugungi kunda ichki ishlar idoralarida uning ishini davom ettirib kelmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-05-2017, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют