» » OAV: Xitoy 2020-yilga qadar maksimal tezligi 400 km/soat bo‘lgan poyezdni ishlab chiqaradi

OAV: Xitoy 2020-yilga qadar maksimal tezligi 400 km/soat bo‘lgan poyezdni ishlab chiqaradi


Xitoyning CRRC kompaniyasi 2020-yilga qadar soatiga 400 kilometr tezlikda harakatlana oladigan o‘ta tezyurar poyezdni yaratish ustida ishlamoqda. Bu haqda China Daily nashriga tayanib, “TASS” xabar berdi.

“Loyihalash va ishlab chiqarishda biz uglerod tolasi va alyuminiy qotishmasi kabi yangi materiallardan foydalanamiz. Ular yuk vaznini kamaytirishga va energiya samaradorligini oshirishga yordam beradi”, — deydi Chanchun temiryo‘l transporti kompaniyasi bosh muhandisi Syao Fen.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi poyezd hozirgi 350 kilometr/soatgacha harakatlanadigan poyezdlarga nisbatan yo‘lovchi boshiga energiyani 10 foizga tejash imkonini beradi.

“CRRC ush bu poyezdlarni eksport qilishni ham rejalashtirmoqda”, — dedi mutaxassis.

Xitoylik kuzatuvchilarning ta’kidlashicha, yangilik XXR hukumatining “kamar va yo‘l” tashabbusiga bevosita bog‘liq bo‘lib, mamlakatlar integratsiyasi darajasini oshirishi kerak.

“Bu ko‘plab bozorlarni qamrab oladi — O‘rta va Janubiy Osiyo, Yaqin Sharq, shuningdek, Sharqiy Yevropa. Natijada ushbu mintaqadagi ko‘plab mamlakatlarning avtotransportga qaramligi kamayadi”, — dedi Rivoshlanish va islohotlar davlat qo‘mitasi vakili Fen Xao.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-05-2017, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют