» » Mun Chje In Janubiy Koreyadagi prezidentlik poygasining yaqqol yetakchisiga aylandi

Mun Chje In Janubiy Koreyadagi prezidentlik poygasining yaqqol yetakchisiga aylandi


“Toburo” demokratlar partiyasining sobiq rahbari Mun Chje In Janubiy Koreyadagi prezidentlik poygasining yaqqol yetakchisiga aylandi. Mamlakatdagi oxirgi jamoatchilik so‘rovi natijalari shundan dalolat bermoqda, deya xabar beradi “TASS”.

Realmeter agentligiga ko‘ra, Mun Chje In uchun saylovchilarning 42,4 foizi ovoz berishga tayyor. Uning eng yaqin raqibi, Xalq partiyasi vakili An Chxol Suning reytingi oxirgi kunlarda 13,7 foizga pasaydi va 20 foizni tashkil etdi.

An Chxol Su muvaffaqiyatsizligi asnosida Koreya ozodlik partiyasi vakili Xon Chjun Pxyo mavqeyini mustahkamlab oldi. Uning reytingi 8,4 foizga o‘sib, 18,6 foizga yetdi. Prezident lavozimiga qolgan da’vogarlarning qo‘llab-quvvatlanish darajasi 8 foizdan oshmaydi.

Janubiy Koreyadagi muddatidan avvalgi prezidentlik saylovlari 9-may kuni bo‘lib o‘tadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (3-05-2017, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют